BannerMobile banner
Yangiliklar

O'zbekistonda metan narxi ko'tariladi

15.05.2026 / 09:52

AGNKSlarda gaz narxi 5600 so‘mgacha chiqishi mumkin. Energiya tariflari oshishi esa taksi, yetkazib berish va kundalik mahsulotlar narxiga ham ta’sir qilishi kutilmoqda

Blog image

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyundan boshlab gaz va elektr energiyasi uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Narxlarning o‘sishi deyarli barcha yo‘nalishlarga ta’sir qiladi — oddiy fuqarolardan tortib biznes va zapravkalargacha. Eng katta o‘zgarishlardan biri metan narxida kuzatiladi.


Hozir AGNKSlar uchun gaz tarifi 2500 so‘mni tashkil etmoqda. 1-iyundan esa bu ko‘rsatkich 2750 so‘mga oshadi. Natijada haydovchilar uchun metan narxi taxminan 5600 so‘mgacha yetishi mumkin.


Bu o‘tgan yildagi liberalizatsiya jarayonining davomidek ko‘rinmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda ham gaz narxi keskin oshib, ayrim zapravkalarda metan 700–800 so‘mga qimmatlashgan edi. Mutaxassislar fikricha, bu safar ham barcha qo‘shimcha xarajatlar oxir-oqibat iste’molchi zimmasiga tushadi.


Elektr va gaz tariflari ham oshmoqda


Yangi tariflarga ko‘ra, aholiga elektr energiyasi:

  • 200 kVt·soatgacha — 650 so‘m
  • 201–500 kVt·soat — 900 so‘m
  • 501–1000 kVt·soat — 1100 so‘m

Tabiiy gaz esa:

  • isitish mavsumida 500 kubgacha — 1100 so‘m
  • 501–2500 kub — 2000 so‘m
  • 2501–5000 kub — 2300 so‘m

Yuridik shaxslar uchun:

  • elektr energiyasi — 1100 so‘m
  • tabiiy gaz — 2000 so‘m etib belgilandi.

Elektr zapravkalar uchun tarif ham oshadi — 1 kVt·soat uchun 1100 so‘m.


Bu nimaga olib keladi


Narxlar oshishi faqat kommunal xizmatlar bilan cheklanib qolmaydi.


  • taksi xizmatlari;
  • yetkazib berish;
  • oziq-ovqat;
  • logistika;
  • ishlab chiqarish narxlariga ham bosim o‘tkazishi mumkin.


Shu sabab ayrim ekspertlar iyul oyiga borib “faqat gaz emas, hamma narsa qimmatlashadi” degan ssenariyni istisno qilmayapti.


Hozir yoqilg‘i narxlari qanday


Ayni paytda O‘zbekistonda yoqilg‘i narxlari taxminan quyidagicha:


  • AI-92 — 11 200–13 600 so‘m;
  • AI-95 — 13 000–15 900 so‘m;
  • AI-100 — 16 000–20 900 so‘m;
  • Dizel — 12 500–14 900 so‘m;
  • Metan — o‘rtacha 5350 so‘m.


1-iyundan esa metan narxi yana oshishi kutilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner