BannerMobile banner
Yangiliklar

BMW ehtimoliy yong‘in tufayli dunyo bo‘ylab 575 ming avtomobilni chaqirib olmoqda

13.02.2026 / 06:23

Xavf zonasida - mashhur BMW X3, X5, 3 seriya, 5 seriya, 7 seriya.

Blog image

BMW konserni butun dunyo bo‘ylab qariyb 575 mingta avtomobilni chaqirib olish kampaniyasini boshladi. Sabab — dvigatelni ishga tushirish tizimidagi nuqson bo‘lib, u ayrim hollarda qizib ketish va yong‘inga olib kelishi mumkin.


Muammo starterdagi magnitli o‘tkazgich (solenoid) bilan bog‘liq. 2020 yil iyulidan 2022 yil iyuligacha ishlab chiqarilgan ayrim detallar ko‘p marotaba ishga tushirish jarayonida tezroq yeyilishi aniqlangan. Metall qoldiqlari qisqa tutashuvga sabab bo‘lishi, bu esa qizib ketish va og‘ir holatda avtomobilning yonib ketishiga olib kelishi mumkin.


Ta’mirlash ishlari amalga oshirilguniga qadar ishlab chiqaruvchi avtomobilni uzoq vaqt nazoratsiz holatda, ayniqsa masofadan ishga tushirish funksiyasi yoqilgan paytda qoldirmaslikni tavsiya qilmoqda.


Chaqirib olish kampaniyasi BMW’ning asosiy model qatorini qamrab oladi:


Sedan va kupe modellar:

2 (G42), 3 (G20, G21, G28), 4 (G22, G23, G26), 5 (G30, G31), 6 GT (G32), 7 (G11, G12)


Krossoverlar:

X3 (G01), X4 (G02), X5 (G05), X6 (G06).


Servis aksiyasi doirasida barcha muammoli avtomobillarda starter to‘liq almashtiriladi. Ayrim holatlarda yangi tizimga mos kelishi uchun akkumulyator ham yangisiga almashtirilishi mumkin.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner