BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda 2025 yilda 427 mingdan ortiq avtomobil sotildi

15.01.2026 / 07:09

Cobalt va Damas 2025 yilda O‘zbekiston bozorida yetakchi bo‘ldi.

Blog image

2025 yil davomida O‘zbekistonda 427 mingdan ortiq yengil va tijorat avtomobillari sotildi. Bu haqda UzAuto kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.


Yil yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p avtomobil sotgan ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors bo‘ldi — 209 mingdan ortiq mashina. Ikkinchi o‘rinda Khorezm Auto (146 ming dona), uchinchi o‘rinda esa ADM Jizzakh joy oldi — 46 ming avtomobil.


Shuningdek, BYD Uzbekistan Factory ham sezilarli natija ko‘rsatdi — 23 mingdan ortiq avtomobil sotildi. Qolgan bozor ulushi Asaka Motors, SamAuto va Alyans Auto o‘rtasida taqsimlandi.


Brendlar reytingida Chevrolet yetakchilikni saqlab qoldi — 355,3 ming dona avtomobil sotilgan. Undan keyin Kia (25,7 ming) va BYD (23,8 ming) keladi. Eng mashhur beshlikdan Chery (11,3 ming) va Haval (9 ming) ham joy oldi. Hyundai avtomobillari esa 1 ming donadan sal ko‘proq sotilgan.


Modellar kesimida eng ko‘p sotilgan avtomobil Chevrolet Cobalt bo‘ldi — 128,5 ming dona. Ikkinchi o‘rinda Damas (108,8 ming), uchinchi o‘rinda esa Tracker (45,4 ming) joy oldi. Shuningdek, Labo, Onix va Sonet modellari ham yuqori talabga ega bo‘ldi.


Elektromobillar va gibridlar segmentida esa BYD brendi yetakchi, xususan Song Plus va Yuan Up modellari eng ko‘p sotildi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner