2025-yilning eng ishonchli avtobrendlari aniqlandi
05.12.2025 / 07:16Tadqiqot 2000 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda 380 mingga yaqin avtomobil egalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanadi.

Consumer Reports yangi reytingni e’lon qildi va Subaru yana bir bor birinchi o‘rinni egalladi — ketma-ket ikkinchi yil. Brend nafaqat Toyota va Honda’dan, balki BMW va Porsche kabi premium ishlab chiqaruvchilardan ham o‘zib ketdi.
Baholashda yo‘l sinovlari, ishonchlilik prognozi, egalar qoniqishi va xavfsizlik ko‘rsatkichlari hisobga olingan — faqat CR testdan o‘tkazgan modellarda.
Umumiy reytingda Subaru’dan keyin BMW va Porsche turadi. Keyingi o‘rinlarda Honda, Toyota va Lexus. Kuchli o‘nlikka Lincoln, Hyundai, Acura va Tesla ham kirdi — Tesla ishonchlilik bo‘yicha yaxshilanish tufayli sezilarli o‘sish ko‘rsatdi.
Reyting oxirida Jeep va Land Rover joylashdi. Ayrim modellarga qaralganda esa manzara o‘zgaradi: ishonchlilik bo‘yicha yetakchi — Toyota, undan keyin Subaru, Lexus, Honda va BMW.
Hisobot dvigatel turlari bo‘yicha tendensiyalarni ham ko‘rsatadi. Gibridlar benzinli mashinalarga qaraganda taxminan 15% ishonchliroq chiqdi. Ammo plug-in gibridlarda va elektromobillarda shikoyatlar ko‘proq. Shunga qaramay, ayrim elektromobillar allaqachon o‘rtacha yoki undan yuqori ishonchlilik darajasiga ega.
Tadqiqot 2000–2025 yillardagi qariyb 380 ming avtomobil egasi fikriga asoslanadi.







